Mixail Yevgrafovich Saltikov-Shchedrin haykali




Mixail Yevgrafovich Saltikov-Shchedrin haykali  — Tverdagi yodgorliklardan biri; yozuvchi va Tver vitse-gubernatori Saltikov-Shchedringa bagʻishlangan bronzadan yasalgan haykal.

Yodgorlik 1976-yil 26-yanvarda Saltikov-Shchedrin tavalludining 150-yilligi munosabati bilan ochilgan. Bu Saltikov-Shchedrinning Rossiyadagi birinchi yodgorligi. Yodgorlik mualliflari: haykaltarosh O.K.Komov, meʼmor N.A.Kovalchuk.

Tverskaya maydonida joylashgan. Yodgorlik 3,2 metr balandlikdagi haykali bronzadan yasalgan va yozuvchining oʻtirgan holati tasvirlangan. U 2,8 metr balandlikdagi kulrang sayqallangan grafitdan yasalgan postamentga oʻrnatilgan. Yodgorlikning old tomonida bronza taxta oʻrnatilgan va quyidagi yozuvlar bitilgan: „Mixail Yevgrafovich Saltikov-Shchedrin. 1826-1889“.

Yodgorlik atrofida istirohat bogʻi mavjud. Bu yerda kichik granit skameykalar va dekorativ choʻyan lampalar oʻrnatilgan.

Yana qarang




Eslatmalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz