Mixail Terexov (futbolchi)




Mixail Terexov (1968-yil 1-fevral, Toshkent) — sovet va oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati



Toshkentning "Paxtakor" yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. SSSR chempionatlarida „Kosonsoychi“ va „Sohibkor“ jamoalarida ikkinchi ligada oʻynagan.

1992-yil „Kimyogar“ (Olmaliq) safida Oʻzbekiston oliy ligasida toʻp surib, 27 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1993-yili esa birinchi ligada "Kimyogar" (Chirchiq) jamoasi sharafini himoya qilgan.

1995-yili chirchiqlik jamoadoshi Arslon Talipov bilan birgalikda Rossiyaning „Amkar“ klubiga oʻtib, ikki mavsumni jamoa safida oʻtkazgan. 1995-yil natijalariga koʻra uchinchi liga zona turnirining kumush medali sovrindori boʻlgan. 1996-yili ikkinchi ligada oʻynagan.

Futbolchining keyingi taqdiri haqida maʼlumotlar mavjud emas.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz