Mixail Safonov




Mixail Vladimirovich Safonov (1878—1939-yillar) — harbiy boshliq, fuqarolar urushi qatnashchisi, Fargʻona fronti qoʻshinlari qoʻmondoni.

Mixail Vladimirovich Safonov 1878-yilning 1-noyabrida  Tulada dunyoga kelgan. U savdogar oilasining vakili boʻlgan. Peterburg universitetida tahsil olgan. 1899-yildan boshlab inqilobiy harakat ishtirokchisi, 1906-yilda sotsialistik-inqilobchilar-,,maksimalistlar", 1917—1918-yillarda chap tomon sotsialistik-inqilobchi, 1919-yilning  mart oyidan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (RKP) aʼzosi hisoblangan. Safonov umrining bir necha yilini qamoqda (Shlisselburg qal’asi), ogʻir mehnatda oʻtkazgan.

Mixail Vladimirovich 1918-yil mart oyidan — Qizil gvardiyada, keyin Qizil Armiyada xizmat qilgan. Turkistondagi fuqarolar urushi qatnashchisi. 1919-yilda qoʻmondon, Fargʻona fronti qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Mixail Vladimirovich Andijon mudofaasida koʻrsatgan qahramonligi uchun Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

1920-yilda Turkiston fronti mehnat boʻlinmalari boʻlimi boshligʻi. 1920—1921-yillarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR)ning Xivadagi muxtor vakili. 1922-yildan iqtisodiy va sovet ishlariga rahbarlik qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz