Mixail Prixojan




Mixail Aleksandrovich Prixojan (1910-yil, Namangan, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1976-yil, Moskva, SSSR) — sovet davlat arbobi, qurilish boʻyicha yirik mutaxassis.

Tarjimayi holi



Mixail Prixojan 1910-yil Fargʻona viloyati, Namangan shahrida tavallud topgan. 1936-yilda Moskva muhandislik-qurilish institutini (hozirgi Moskva davlat qurilish universiteti) tugatgan. Insititutni tugatgach, Prixojan Moskva avtomobil zavodi qurilishida ishlaydi, zavodda dastlab ish boshqaruvchi, keyinchalik qurilish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan. 1940-yilda Tula shahridagi 1-sonli qurilish trestining boshqaruvchisi vazifasida faoliyat yuritgan. 1941—1954-yillarda Prixojan SSSR Qurilish xalq komissarligi tizimida (keyinchalik SSSR Ogʻir sanoat korxonalarini qurish vazirligi), yaʼni 1941—1945-yillari Chelyabinskdagi 8-sonli maxsus qurilish-montaj boʻlinmasida (Chelyabinskdagi bir qator muhim mudofaa inshootlarning hamda Miassdagi Ural avtomobil zavodi qurilishida), 1945—1947-yillarda Ukraina SSR Dnepropetrovsk shahridagi „Dnepropetrovekpromstroy“ va „Yujavtostroy“ trestlari boshqaruvchisi, 1947—1951-yillarda SSSR Ogʻir sanoat korxonalarini qurish vazirligining markaziy qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi, 1951—1954-yillarda „Moskkoksostroy“ trestining boshqaruvchisi boʻlib ishlagan, Moskva koks-gaz zavodi qurilishida qatnashgan. 1954—1960-yillari Prixojan „Glavmosstroy“ tizimida (hududiy boʻlim boshligʻi, keyinroq esa trest boshligʻi) ishlagan va koʻp qavatli binolar qurilishida ishtirok etgan. 1960—1967-yillarda SSSR Davlat qurilish qoʻmitasida bosh mutaxassis, keyinroq bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlagan. 1967—1970-yillarda SSSR Qurilish vazirligi hayʼati aʼzosi, ishlab chiqarish va boshqarish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1970-yildan umrining oxirigacha SSSR Davlat qurilish qoʻmitasi qoshidagi qurilishga texnik yordam ko‘rsatishni tashkil etish va mexanizatsiyalash markaziy ilmiy-tadqiqot institutining byurosida ishlagan.

Vafoti



1976-yil Moskvada vafot etadi.

Oilasi



Turmush oʻrtogʻi Polina Yakovlevna Podgoretskaya, uch nafar boʻlgan, oʻgʻillari Vladimir va Leonid, qizi psixologiya fanlari doktori, professor Anna Prixojan.

Unvon va mukofotlari



SSSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi. Lenin ordeni va 3 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz