Mixail Pikulin




Mixail Grigoryevich Pikulin (1905.29.9, Ostrogojsk shahri, Voronej guberniyey — 1987.12.1, Toshkent) — tarixchi olim, sharqshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969). Tarix fanlari doktori (1961), professor (1962). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1950—52 yillarda harbiy xizmatni davom ettirgan holda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti xorijiy Sharq boʻlimi mudiri, harbiy xizmatdan zaxiraga chiqqach, 1952—71 yillarda shu institutda xorijiy Sharq yangi va eng yangi tarixi boʻlimi mudiri va ilmiy ishlar boʻyicha institut direktori oʻrinbosari. Ilmiy faoliyati Afgoniston tarixi, etnografiyasi va iqgisodiyoti, shuning-dek, xorijiy Sharq mamlakatlarida siyosiy-iqtisodiy ahvol, mustamlakachilikka qarshi kurash va boshqalarga oid.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz