Mixail Krug haykali




Mixail Krug haykali — rus shansonining ijrochisi Mixail Krugga (1962-2002) oʻzining tugʻilgan shahri Tverda oʻrnatilgan yodgorlik.

Kompozitsiyasi — shansonye shlyapasini yoniga qoʻyib, oldi ochiq paltoda gitaraga suyanib skameykada oʻtiribdi; uning oʻng tomonida boʻsh joy bor — oʻtirib, xohish boʻlsa, suratga tushish mumkin. Imzo yoʻq.

Bronza yodgorlikning umumiy ogʻirligi (gitara bilan) 250 kilogrammni, gitarasiz — 200 kilogrammni tashkil qiladi.

U Trexsvyatskaya koʻchasi yaqinidagi Radishshev bulvarida joylashgan.

Tarixi



Mixail Krugning oʻlimidan soʻng darhol doʻstlari va qarindoshlari shoir-qoʻshiq yozuvchisiga haykal oʻrnatish uchun fond yaratdilar, unga marhumning katta opasi Olga Medvedeva boshchilik qildi. Yodgorlikning tamal toshi 2003-yil 19-dekabrda qoʻyilgan. Tverning aksariyat ijodiy ziyolilari yodgorlik oʻrnatilishiga qarshi chiqishdi. Yodgorlik loyihasi musiqachining soʻnggi albomi produseri Vadim Tsyganovning tomonidan ishlab chiqilgan, moskvalik Andrey Smirnov haykaltarosh vazifasini bajargan. Yodgorlik 2007-yil 24-iyunda shahar kuni Tver markazida Radishchev bulvarida 21-uy yaqinida tantanali ravishda ochilgan.

Yodgorlik ikki marta vandalizmga duchor boglan. 2007-yil noyabr oyida undan 50 kilogramm ogʻrlikdagi gitarani uzib, yaqin atrofga tashlashgan; keyinchalik u boshqatdan joyiga payvandlangan. 2008-yil yanvar oyida nomaʼlum vandallar yodgorlikni turli ranglarga boʻyashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz