Mixail Krug




Mixail Vladimirovich Krug (haqiqiy familiyasi – Vorobyov ; 1962-yil 7-aprel, Kalinin, SSSR – 2002-yil 1-iyul, Tver, Rossiya) – sovet va rus qoʻshiqchisi, shoir, bastakor, ijrochi. „Rus shanson“ janridagi qoʻshiqlarning muallifi va ijrochisi, ushbu janrning eng mashhur vakillaridan biri. Muxlislari uni „rus shanson qiroli“deb atashardi. " Vladimirskiy sentral " lirik qoʻshigʻining muallifi va ijrochisi sifatida rus shansonining eng mashhur namunalaridan biriga aylangan.

2002-yil 30-iyundan 1-iyulga oʻtar kechasi Mixail Krug oʻz uyiga bosqinchilar tomonidan hujumga uchradi. Nomaʼlum jinoyatchilar uyga kirib, unga qarata ikki marta oʻq uzgan, shundan soʻng u vaqtincha hushini yoʻqotgan. Hujumdan soʻng xonanda 6-sonli Tver shahar kasalxonasiga yetkazilgan, biroq shifokorlarning urinishlariga qaramay, Mixail Krug 1-iyul kuni ertalab vafot etgan.

Biografiyasi




1962-yil 7-aprelda Kalinin shahrida (hozirgi Tver) tugʻilgan. Otasi – Vladimir Mixaylovich Vorobyov (26.03.1936 – 19.11.1995), muhandis-qurilish muhandisi (Tver shahridagi Moskva-Riga avtomobil yoʻli boʻlimida aloqa boʻlimi boshligʻi) boʻlib ishlagan. Onasi – Zoya Petrovna Vorobyova (18.06.1936 – 01.09.2018), buxgalter boʻlib ishlagan. 2018-yil 7-yanvarda yurak xurujiga uchrab, 2 kundan keyin kasalxonada vafot etgan. Oiladagi ikkinchi farzand edi (birinchisi uning singlisi Olga).

Bolaligi va yoshligini eski Proletar tumanida oʻtkazdi, keyinchalik „Morozovskiy shaharchasi“ qoʻshigʻini yozdi. U musiqa maktabida akkordeon sinfida oʻqigan, ammo keyin oʻqishni tashlagan. Xokkey bilan ham shugʻullangan va xokkey jamoasida darvozabon bo'lgan.

Olti yoshidan boshlab Vladimir Visotskiyga muhlislik qilar edi. 11 yoshida Vorobyov gitara chalishni oʻrgandi. Ilk sheʼrlarini 15 yoshida sinfdoshiga bagʻishlab yozgan. Armiyadan keyin Vladimir Visotskiy qoʻshiqlaridan ilxomlangan Vorobyov gitara chalib, oʻz uslubida kuylay boshladi.

Harbiy xizmatni Ukrainada, Sumi viloyati, Lebedin shahridagi raketa qoʻshinlarida oʻtagan. Armiyadan qaytgach, POGAT (tijorat avtomobillari ishlab chiqarish birlashmasi) ga haydovchi boʻlib ishga kirdi, 10 yil davomida (1983-yildan 1993-yilgacha) shahar boʻylab sut mahsulotlarini yetkazib berish bilan shugʻullandi. 1987-yilda Vorobyov kolonna boshligʻi etib tayinlandi va Politexnika institutiga oʻqishga yuborildi.

Musiqiy faoliyati



1987-yilda institutga oʻqishga kirdi va u yerda badiiy qoʻshiqlar tanlovida qatnashib, „Afgʻoniston haqida“ qoʻshigʻi bilan birinchi oʻrinni egallagan. Bunda 8-qoʻshiq festivalida hakamlar hay’ati raisi boʻlgan Yevgeniy Klyachkin muhim rol oʻynadi. Aynan u Vorobyovga shunday degandi: „Misha, ishlash kerak …“.

Vorobyov oʻzining birinchi „Tver koʻchalari“ albomini 1989-yilda Tver studiyasida yozgan, keyinroq ikkinchi „Katya“ albomi va uchinchi nomsiz albomi yozilgan, ularning barchasi rasman chiqarilmagan, ammo media qaroqchilar tomonidan oʻgʻirlangan va noqonuniy ravishda sotilgan. Bu albomlarga kiritilgan deyarli barcha qoʻshiqlar qayta yozilgan va keyingi albomlarda kuylangan.

1994-yilda Mixail Krugning „Jigan-Limon“ nomli birinchi rasmiy albomi chiqdi, bu koʻpchilikning fikriga koʻra, uning ijodiy taqdirida burilish boʻldi. Jinoiy nomga qaramay, albomda nafaqat jinoiy mazmundagi, balki lirik va istehzoli qoʻshiqlar ham bor edi. Albom bir necha marta qayta nashr etilgan va aslida Mixail Krugning rus musiqiy va sheʼriy madaniyatiga bostirib kirishining belgisi boʻlgan.

1995-yilda „Bard Mixail Krug“ hujjatli filmi suratga olindi va 1999-yilda „Madaniyat“ kanalida namoyish etildi. 1996-yilda uning „Etot vecher“ birinchi video klipi namoyish etildi.

Mixail Krugning eng mashhur qoʻshigʻi " Vladimirskiy sentral "- „Madam“ albomida birinchi marta ijro etilgan va rus shansonining eng mashhur qoʻshiqlaridan biriga aylangan.

1999-yil yanvar oyida u Rossiyaning „Chanson“ tanlovida mashhurlik boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi. 1999-yil aprel oyida yana „Ovation“ mukofotiga nomzod boʻldi.

Chet elda Krug birinchi marta 1997-yilda Germaniyadagi „Rus shanson“ festivalida aka-uka Jemchujniy bilan birga chiqish qildi, u yerda toʻrtta qoʻshiq kuyladi, ulardan biri „Madam“ qo'shig'ining gitara versiyasida kuylangan. 1998-yilda Krug AQShda – Mayami, Boston, Nyu-York, Jeksonvillda chiqish qildi. 2000-yil 22-fevraldan 6-martgacha Isroil boʻylab gastrol safarlari boʻlib oʻtdi. Quddus, Tel-Aviv, Nosira, Hayfa, Ashdod, Ashkelon, Ariel va shuningdek, Ukraina, Belorussiya, Estoniyava yana bir qator davlatlarda konsertlar bergan.

Krug bir necha bor qamoqxonalarda xayriya kontsertlarida ishtirok etgan. 2000-yilda „Aprel“ filmida „Turist“ laqabli kriminal boshligʻi Leonid Petrovich rolini oʻynagan. Vladimir Solovyovning 2002-yil 21-yanvardan 22-yanvarga oʻtar kechasi TV-6 kanali yopilishidan oldin namoyish etilgan „Bulbul kechasi“ dasturining soʻnggi mehmoni edi.

Shahsiy hayoti



1986-yilda Vorobyov oʻzining birinchi rafiqasi Svetlana bilan tanishdi. Toʻy 1987-yilda boʻlib oʻtgan va ularning oʻgʻli Dmitriy 1988-yilda tugʻilgan. Erining koʻp ishiga chiday olmay, juftlik 1989-yilda ajrashdi. Oʻgʻli Krugning onasi tomonidan tarbiyalangan va Sankt-Peterburgdagi Ichki ishlar vazirligi universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Politsiyada xizmat qiladi, hozirda Tverda yashaydi.

2001-yilda Krug Irina ismli ayol bilan turmush qurgan.

Qotillik va undan keyingi voqealar




2002-yil 30-iyundan 1-iyulga oʻtar kechasi Krugning Mamulino qishlogʻidagi (Tver mikrorayonidagi) uyiga hujum qilindi. Xonandadan tashqari uyda yana besh kishi bor edi – uning rafiqasi Irina, qaynonasi va uchta farzandi.

Taxminan 23:00 dan 0:15 gachabo'lgan vaqtda uyning uchinchi qavatiga ikki nomaʼlum bosqinchi kirib, u yerda Krugning qaynonasini topib, unga hujum qilishgan va uning tanasiga shikast yetkazishgan. Ayolning qichqirigʻini eshitgan Mixail va uning rafiqasi yugurib kelishgan va jinoyatchilar Mixailga qarata toʻpponchadan oʻt ochgan. Mixail ikki joyidan jarohat olib, vaqtincha hushini yoʻqotadi, jinoyatchilar esa voqea joyidan qochib ketishadi.

Oʻziga kelgan Krug xotini yashiringan qoʻshni Vadim Rusakovning uyiga borishga muvaffaq boʻldi. Mixail Krug shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramay, 1-iyul kuni ertalab vafot etdi.

Dafn marosimi



Vidolashuv marosimi 3-iyul kuni soat 10:00 da Tver drama teatrida boʻlib oʻtdi. Dafn marosimida Vladimir Jirinovskiy, Aleksandr Semchev, Efrem Amiramov, Katya Ogonyok, aka-uka Jemchujniylar, Sergey Trofimov, Vika Tsyganova, Tver viloyatining koʻplab rahbarlari, jumladan, gubernator Vladimir Platov ham ishtirok etishdi.

Diskografiyasi



 Magnit albomlar

Raqamli albomlari

Toʻplamlar

Boshqa ijrochilar bilan birgalikda toʻplamlar

Qayta tiklangan arxiv yozuvlari

2005 — «Moim druzyam»

Konsert audio yozuvlar

Mixail Krug xotirasiga bagʻishlangan albom va toʻplamlar

Qoʻshiqlari



Videografiyasi



  Kliplari

Konsertidan videolar

Badiiy filmlar

2001-yil – Aprel (jinoyat boshligʻi Leonid Petrovichning roli)

Hujjatli Filmlar

1994-yil – Bard Mixail Krug

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz