Mixail Kolyada




Mixail Sergeyevich Kolyada (ruscha: Михаи́л Серге́евич Коляда́; 1995-yil 18-fevral, Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. 2018-yilgi jamoaviy Olimpiya oʻyinlarining kumush medal sovrindori. Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2018), Yevropa chempionatining ikki karra bronza medali sohibi (2017, 2018), Gran-pri finalining bronza medali sovrindori (2017), Rossiyaning uch karra chempioni (2017, 2018, 2021) va uch karra vitse-chempioni (2016, 2019, 2022), jamoaviy jahon chempionati gʻolibi (2021), oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempioni (2013). Mixail Kolyada Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.

2022-yil 23-yanvarda Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 20-oʻrinni egallagan.

Faoliyati



Rossiyalik figurali uchuvchi Mixail Bratislavada yangi Olimpiya mavsumini boshlab Ondrej Nepela xotirasiga bagʻishlangan turnirni oltin medal bilan yakunladi. Oktyabr oyining boshida u Finlyandia Trophy Espoo musobaqasida qatnashib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Uch hafta oʻtgach, Mixail Gran-pri seriyasiga kirdi va erkin dasturda oldingi yutugʻini yaxshilab, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ikki hafta oʻtgach, konkida uchuvchi Pekindagi Gran-pri seriyasining Xitoy bosqichida qatnashdi va u yerdagi qiyin kurashdan soʻng gʻolib boʻldi. Shu bilan birga, Mixail qisqa dastur boʻyicha oldingi natijasini yaxshilashga muvaffaq boʻldi. Bu natija unga Gran-pri finaliga yoʻllanma berdi. Nagoyadagi finalda sportchi yaxshi chiqish qilib, uchinchi oʻrinni egalladi. Mixail umumiy natijadagi avvalgi yutugʻlarini yaxshilashga muvaffaq boʻldi.

Dekabr oyi oʻrtalarida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Mixail ishonchli va muvaffaqiyatli chiqish qilib, ikkinchi marta chempion boʻldi. Moskvada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Mixail Kolyada bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2021-yili Mixail Rossiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va bu ishtiroki unga uchinchi marta Rossiya chempioni unvonini olishga imkon berdi. Gʻalaba sportchiga 2021-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani taqdim etdi.

Stokgolmdagi jahon chempionatidagi chiqishlarda kutilgandek yahshi natija boʻlmadi va Mixail beshinchi oʻrinni egalladi.

Mixail 2022-yil Yanvar oyida Yevropa chempionatida ishtirok etishi kerak edi, ammo jarohati tufayli musobaqani tark etdi va uning oʻrniga ushbu musobaqada Andrey Mozalyov ishtirok etdi.

Natijalari




J-oʻsmirlar darajasi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz