Mixail Kolesnikov




Mixail Ivanovich Kolesnikov (1951-yil 22-sentyabr, Angren, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va rus harbiy rahbari boʻlgan. Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik mudofaasi, Favqulodda vaziyatlar va Xabarovsk oʻlkasidagi tabiiy ofatlarni bartaraf etish Bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. General-mayor.

Biografiyasi



Mixail Kolesnikov 1951-yil 22-sentyabrda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Angren shahrida tavallud topgan. 1973-yil Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtida tahsil olgan.

Harbiy xizmati



Mixail Ivanovich 1969-yilda Ribalko nomidagi Toshkent oliy tank qoʻmondonlik zirhli kuchlar marshali bilim yurtiga oʻqishga kirgan va 1973-yilda uni tamomlagan.

1969–1973-yillarda Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurti kursanti boʻlgan (Turkiston harbiy okrugi).

1973–1976-yillarda motorli miltiq diviziyasi tank vzvodida komandir lavozimida xizmat qilgan (Germaniyadagi Sovet qoʻshinlari guruhi).

1978–1979-yillar Toshkent oliy qoʻshma qurollar qoʻmondonlik bilim yurti (Turkiston harbiy okrugi) taʼminot batalonining rota komandiri vazifasida xizmat qilgan.

Yuqori lavozimlari



Ivanovich 1999–2005-yillar oraligʻida Xabarovsk oʻlkasining fuqarolik mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan.

Mixail Ivanovich Kolesnikov Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining № 49 buyrugʻi bilan 2005-yil 9-fevraldan 2007-yil 10-aprelgacha Favqulodda vaziyatlar vazirligining Xabarovsk oʻlkasi bosh boshqarmasining birinchi boshligʻi etib tayinlangan.

2005–2007-yillarda Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik mudofaasi, Favqulodda vaziyatlar va Xabarovsk oʻlkasidagi tabiiy ofatlarni bartaraf etish boʻyicha bosh boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

Nafaqada



General-mayor Kolesnikov 2007–2013-yillarda Federal Logistika Markazi Sochi filiali direktori boʻlib ishlagan.

2013-yildan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Janubiy harbiy okrugi qoʻshma strategik qoʻmondonligi inspektorlar guruhi inspektori boʻlgan. Kolesnikov inspektor sifatida harbiy xizmatchilarni davlat-vatanparvarlik va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarida faol ishtirok etgan.

Oilasi



Mixail Lyubov Borisovna Kolesnikova bilan turmush qurgan. Farzandi Mixail Mixaylovich Kolesnikov.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz