Mixail Kleandrov




Mixail Ivanovich Kleandrov (1946-yil 14-avgust, Toshkent) – Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudining isteʼfodagi sudyasi, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan huquqshunos (1996), Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (2011), Yuridik fanlar doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1997). „Bolshoy Tyumenskoy ensiklopedii“ ilmiy-tahrir kengashi va tahrir hay’ati aʼzosi (2004).

Tarjimai holi



Mixail iqtisodchi oilasida tavallud topgan. 1970-yilda Tojikiston Davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mixail Kleandrov 1989-yildan 1993-yilgacha Tyumen davlat universiteti kafedra mudiri lavozimida ishlagan.

1993-yildan 1995-yilgacha MDH xoʻjalik sudi sudyasi boʻlgan.

U 1995-yildan 2003-yilgacha Tyumen viloyati arbitraj sudi raisi.

Mixail Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib tayinlangan. 2016-yil 1 sentyabrdan Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudining isteʼfodagi sudyasi hisoblanadi.

2016-yildan Rossiya davlat adliya universiteti qiyosiy huquq kafedrasi bosh ilmiy xodimi lavozimida faoliyat olib borgan.

Oʻgʻli Ivan (1979-yilda tugʻilgan) – sudya, yuridik fanlar nomzodi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz