Mixail Ixilov
Ixilov Mixail Matotovich (7-noyabr 1917-yil, Kuba — 1998-yil) — sovet tarixchisi va etnografi.
Biografiyasi
Mixail Ixilov 1917-yil 7-noyabrda Kuba shahrida (hozirgi Ozarbayjon) togʻ yahudiylari oilasida tugʻilgan. U bolaligi va yoshligining koʻp qismini Dogʻistonning Derbent shahrida oʻtkazgan. Ixilov rus va ozarbayjon tillaridan tashqari lezgin tilini ham yaxshi bilgan.
Pedagogika institutining tarix fakultetini oʻqib tamomlagandan soʻng, Sharqiy front (Ikkinchi jahon urushi) urushida qatnashgan. U, shuningdek, boltiqboʻyi va Leningrad frontidagi janglarda ham qatnashgan. Bir necha marta u ogʻir jarohatlangan. Urushdan keyin Ixilov tarix va etnografiyani oʻrganishni boshladi. U SSSR Fanlar akademiyasining Dogʻiston filialidagi tarix, ona tili va adabiyot institutida ishlagan. SSSR Fanlar Akademiyasining Moskva etnografiya institutida aspiranturani tamomlagN. 1949-yilda u togʻ yahudiylari tarixi, madaniyati va hayoti boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning togʻ yahudiylari haqidagi maqolalari „Kavkaz xalqlari“ va „SSSR xalqlari“ umumittifoq toʻplamlariga kiritilgan.
Ixilov Dogʻiston xalqlari etnografiyasini oʻrganish boʻyicha uzoq muddatli ekspeditsiyalarda qatnashgan va u shu vaqt davomida koʻplab maʼlumotlar toʻplagan. U, asosan, ozarbayjonning lezgin qishloqlari boʻylab sayohat qilib, kubalik lezginlar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplagan. 1957-yilda uning „Kubalik lezginlar“ ilmiy maqolasi „SSSR Fanlar akademiyasi Dogʻiston boʻlimi Yadro fizikasi institutining ilmiy eslatmalari“ da nashr etilgan va bir muncha vaqt oʻtgach shu nomdagi kitob chop etilgan.
U Kavkaz, Turkiya, Yaqin Sharq, Eron, qadimgi Arabiston tarixini yaxshi bilar edi. Ixilov qalamiga mansub asarlar, „Derbent tarixi“, „Togʻ yahudiylari tarixi“ va „Dogʻiston xalqlari“ etnografiyasiga bagʻishlangan.
Uning „Lezgin xalqlari“ nomli monografiyasida, lezginlar, tabasaran, rutullar, tsaxurlar va agullarning qadimgi davrlardan to 20-asr boshlarigacha boʻlgan tarixiy-etnografik tavsifi bayon etilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org