Mixail Evgrafovich Saltikov-Shchedrin haykali




Mixail Evgrafovich Saltikov-Shchedrin haykali - Tverdagi yodgorliklardan biri; yozuvchi va Tver vitse-gubernatori Saltikov-Shchedringa bag'ishlangan bronzadan yasalgan haykal.

Yodgorlik 1976-yil 26-yanvarda Saltikov-Shchedrin tavalludining 150 yilligi munosabati bilan ochilgan. Bu Saltikov-Shchedrinning Rossiyadagi birinchi yodgorligi. Yodgorlik mualliflari: haykaltarosh O.K.Komov, meʼmor N.A.Kovalchuk.

Tverskaya maydonida joylashgan. Yodgorlik 3,2 metr balandlikdagi haykali bronzadan yasalgan va yozuvchining o'tirgan holati tasvirlangan. U 2,8 metr balandlikdagi kulrang sayqallangan grafitdan yasalgan postamentga oʻrnatilgan. Yodgorlikning old tomonida bronza taxta o'rnatilgan va quyidagi yozuvlar bitilgan: “Mixail Evgrafovich Saltikov-Shchedrin. 1826-1889".

Yodgorlik atrofida istirohat bog'i mavjud. Bu yerda kichik granit skameykalar va dekorativ cho'yan lampalar o'rnatilgan.

Yana qarang




Eslatmalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz