Mixail Denisov




Mixail Vladimirovich Denisov (ukraincha: Михайло Володимирович Денисов; 1985-yil 3-oktyabr, SSSR) — ukrainalik futbolchi, himoyachi.

Biografiyasi



Mixail Denisov 198-yilda Ukrainada tavallud topgan.

Futbolchilik faoliyati



Mixail Denisov 1999-yildan 2002-yilga qadar Mariupol Azovstal jamoasi tarkibida Ukraina yoshlar futbol ligasida oʻyin olib borgan.

2006-yilda Denisov Ukraina ikkinchi ligasida oʻynagan Mariupolning „Ilyichivets-2“ jamoasiga tarkibiga kiradi. Futbolga kirib kelishidan oldin zavodda ishlaganligi bois jamoada Marten laqabini oladi. 2005—2006-yilgi mavsum oʻyinlarida „Ilyichevets-2“ jamoasi turnirning kumush medali sovrindori boʻladi va faqatgina „Dnepr“ jamoasiga oʻyinni boy beradi. Denisov ikkinchi ligada jami 20 ta oʻyin, Ukraina yoshlar chempionatida esa 2 ta oʻyin oʻtkazadi.

Keyinchalik Denisov Vengriyaning „Fehervar“ jamoasi tarkibiga oʻtadi, u erda yana bir ukrainalik futbolchi — Roman Drabeniuk bilan jamoa tarkibida toʻp sura boshlaydi. Vengriya chempionatida Denisov jami hisobda 3 ta oʻyin oʻtkazadi. Shundan soʻng, Ozarbayjonning Yevlax shahridagi „Karvan“ guruhida oʻz oʻyinlarini olib boradi.

2009-yilda Denisov „Ros“ jamoasiga oʻtadi va jamoa tarkibida jami 7 ta oʻyin oʻtkazadi. Ikkinchi liga bahslarida 1 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Keyinchalik, oʻsha yilning yozida „Energetik“ jamoasiga koʻchib oʻtadi. Ushbu jamoa safida Ukraina birinchi ligasida jami 5 ta oʻyin oʻtkazadi.

2010-yilning yanvar oyida Qozogʻistonning „Aqjayik“ klubi futbolchini jamoa tarkibiga chaqirishga harakat qilgan, ammo klub bilan shartnoma imzolanmagan. Natijada Denisov Kirovogradning „Zvezda“ jamoasiga koʻchib oʻtadi. Denisov jamoada olti oy mobaynida oʻyinlarda ishtirok etadi va umumiy hisobda 11 ta oʻyin oʻtkazadi.

2010-yilning yozida Denisov Oʻzbekistonning Namangandan viloyati „Navbahor“ futbol jamoasi tarkibiga qoʻshiladi, jamoada Denisovdan tashqari ham bir nechta ukrainalik futbolchilar bor edi. Oʻzbekiston chempionatida Denisov umumiy 12 ta oʻyin oʻtkazib, 1 marotaba raqib darvozasini ishgʻol qiladi.

Denisov 2011-yilning yozida Kramatorskning ikkinchi ligadagi „Avangard“ klubiga oʻtadi. 2013-yil avgust oyida esa „Torpedo“ (Nikolayev) havaskorlar klubi safida oʻz oʻyinlarini davom ettiradi.

Yutuqlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz