Mixail Bukin




 

Mixail Aleksandrovich Bukin (1967-yil 4-oktyabr, Leningrad) – sovet va rus futbolchisi, himoyachi, rossiyalik hakam hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati



Oʻyinchi



1986-yildan 1988-yilgacha Mixail Leningradning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan, 54 ta oʻyin oʻtkazgan va 2 ta gol muallifiga aylangan. U 1989-yilgi mavsumni Sirdaryoning Yangiyer jamoasida boshlagan, Mixail jamoa tarkibida 20 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan soʻng Bryanskning „Dinamo“ jamoasiga oʻtgan va u yerda mavsumni yakuniga yetkazgan va umumiy 6 oʻyinida jamoa tarkibida maydonga tushgan.

1990-yilda u Yangiyer jamoasiga qaytib kelgan, yana 20 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan soʻng Bukin „Kamishinni Tekstilshchik“ klubiga qoʻshilgan, u yerda SSSR chempionatida 55 ta oʻyin oʻtkazgan va butun mavsum davomida 1 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. 1992-yilda Bukin „Tekstilshchik“ bilan Rossiya Oliy ligasida debyut qilgan, futbolchi Oliy ligada 26 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

U 1993-yilgi mavsumni „Lada“ jamoasida oʻtkazgan va 34 uchrashuvda 5 ta gol urgan. 1994-yilda u Kubanga koʻchib oʻtgan va u yerda 21 ta oʻyin oʻtkazib 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

1995-yilda u Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubidan taklif olgan, ammo „Kuban“dan transfer amalga oshirmagan. „Krasnodar“ klubi tarkibi mavsumoldi yigʻinida Bukin ogʻir umurtqa pogʻonasidan jarohat olgan va 27 yoshida futbolchilik faoliyatini tugatishga majbur boʻlgan.

Hakamlik faoliyati



Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng kasalligini davolash uchun uzoq muddat davolangan/ Shundan soʻng hakam sifatida ish boshlagan va mamlakat toifasidagi hakamga aylangan. U birinchi va ikkinchi divizionlar, Rossiya kubogi va RFPL oʻrinbosarlari turniri oʻyinlarida hakamlik qilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz