Mixail Aleksandrovich Orlov




Mixail Aleksandrovich Orlov (1888, Moskva - 1972.4.5, Toshkent) — tuproqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944), professor (1949). Moskva universitetini tugatgan (1912). Oʻrta Osiyo universiteti tuprok,-shunoslik kafedrasi dotsenti (1920— 35), mudiri (1935—62). O. rahbarligida va ishtirokida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpogʻiston va Pomirning tabiiy sharoiti, tuproqlari oʻrganil-gan, 200 dan ortiq xoʻjalikning tuproq haritasi tuzilib, ishlab chiqarishga tatbiq etilgan. O. Oʻrta Osiyodagi qadimdan sugʻorib kelinayotgan voha madaniy tuproq xususiyatlarini oʻrganib, ularning birinchi tasnifini ishlab chiqqan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz