Mixail Abramenko




Mixail Vladimirovich Abramenko (1978-yil 31-avgust, Derbent, Dogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR – 2022-yil 4-dekabr, Lugansk viloyati, Ukraina) – rus askari hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi qatnashchisi. Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (2023, vafotidan keyin).

Hayoti



1978-yil 31-avgustda SSSR Dogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Derbent shahrida tugʻilgan. 2001-yilda Sizran oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini tamomlagan, soʻngra Leningrad harbiy okrugida xizmat qilgan. Shimoliy Kavkazdagi aksilterror operatsiyasi, BMTning Chaddagi tinchlikparvar operatsiyasi, Suriyadagi harbiy operatsiya va Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi ishtirokchisi boʻlgan. Umrining soʻnggi yillarida Ka-52 vertolyotining qoʻmondoni boʻlgan va 600 dan ortiq harbiy topshiriqlarni bajargan. 2022-yil 4-dekabrda Lugansk viloyatida otib oʻldirilgan. 2023-yil 8-fevralda vidolashuv boʻlib oʻtdi.

Oilasi



Uning bevasi Marina va ikki qizi Sankt-Peterburgda yashaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz