Mix ota masjidi




Mix ota masjidi  — Navoiy viloyati Konimex tumani Qurama qishlogʻida joylashgan masjid.

Tarixi



Mix ota masjidi Konimex tumani „Guliston“ MFY, Qurama qishlogʻida joylashgan. 1993—1995-yillar oraligʻida oʻsha davrdagi Konimex tuman hokimi Poʻlat Sulaymonovning tashabbusi bilan asosan hashar yoʻli bilan qurilgan. Namoz oʻqish honaqohi 120 nafar odamga moʻljallangan. Kadastr hujjatlari yoʻqolganligi sababli qayta tiklanmoqda. Namoz oʻqish xonasi, xonaqoh, imom xatib uchun alohida xonalar, hojatxona va tahoratxonalari mavjud. Isitish tarmogʻi, yoritish chiroqlari soz holatda, atrofi obodonlashtirilgan, 4 ta kuzatuv kameralari ishlab turibdi. Qur’on oyatlaridan keltirilgan bannerlar eski, tom qismiga oʻrnatilgan karnaylar joriy taʼmirtalab holatda. Namoz oʻqish vaqtlarini koʻrsatuvchi tablo eski, koʻrsatkichlari ishlamaydi. Oxirgi bor 2016-yilda homiylar tomonidan hashar yoʻli bilan taʼmirlangan. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi tasarrufidagi Navoiy viloyat vakilligi mas’ul tashkilot. „Mix ota“ masjidi bir vaqtning oʻzida 1 000 nafardan ortiq namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz