Mivoki
Miwokee, Miwok,
Miwuk , Mi- Vuk, Me- Vuk — bu Shimoliy Kaliforniya hindularining Utian tillar oilasi, Miwok guruhining turli tillarida gaplashadigan bir nechta guruhlarining umumiy nomi. Mivok soʻzi ularning tillarida „xalq“ degan maʼnoni anglatadi.
Kichik guruhlari
Mivok etnosi doirasida 4 ta madaniy-geografik guruh ajratiladi:
Madaniyati
1769-yilda Yevropaliklar bilan tanishuvgacha mivoklar anʼanaviy ravishda ovchilik-yigʻuvchilik bilan mashgʻul boʻlib, markaziy hokimiyatsiz kichik guruhlarda yashashgan.
Umuman olganda, mivoklar mifologiyasi va anʼanalari Shimoliy Kaliforniyaning boshqa xalqlari mifologiyasiga juda ham oʻxshash. Ular odamlar va hayvonlarning ruhiga eʼtiqod qilishgan. Hayvonlarning ruhini oʻzlarining ajdodlari deb ishonishgan. Ular Koyotni qabilaning yaratuvchi tangrisi va timsoliy ajdodi deb hisoblashgan.
A. Kroeberning maʼlumotlariga koʻra, 1770-yilda 11 000 ga yaqin mivoklar boʻlgan. Shundan 500 ga yaqin koʻl mivoklari, 1500 qirgʻoq mivoklari, 9 ming nafari tekisliklar va sierra mivoklari hisoblangan. Tadqiqotchi koʻrfaz mivoklarini inobatga olmagan. 1910-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida qayd etilganidek, bu vaqtda atigi 670 mivok boʻlgan va 1930-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra — 491 nafar qolgan..
Arxeologiya
2008-yilda Kaliforniyaning Kalaveras okrugida taxminan 5000-yillik osori-atiqalar topilgan. Ular mivoklarning ajdodlariga tegishli ekani taxmin qilinadi. Mahalliy amerikaliklarning qabrlarni himoya qilish va repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunga koʻra, kelgusida artefaktlarni tantanali ravishda qayta dafn etish kutilmoqda.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org