Mittulkaniston-u Aljabrga sayohat




„Mittulkaniston-u Aljabrga sayohat“ (ruscha: Путешествие по Карликании и Аль-Джебре) — rus matametigi va yozuvchisi Vladimir Lyovshin hamda yozuvchi Emiliya Aleksandrova qalamiga mansub arifmetika va algebra haqidagi ertaklar toʻplami. Ilk bor 1967-yil Moskva shahrida „Detskaya literatura“ nashriyotida chop etilgan. 1991-qayta nashr qilingan.

Asarni oʻzbek tiliga Erkin tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.

Asar Lyovshining „Mittulkanistonda uch kun“ kitobini hamda Lyovshin va Aleksandrova hamkorlikda yozgan „Aljabrlik Qora Niqob“ kitobini oʻzida jamlagan. Kitob oʻrta va katta yoshdagi maktab bolalari uchun moʻljallangan. Asarda ertaklar yordamida oʻquvchiga arifmetika va algebrada oʻrganiladigan mavzular haqida maʼlumot berilgan.

Oʻzbekcha tarjima



Asarni oʻzbek tiliga 1967-yil „Detskaya literatura“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Erkin Jabborov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Saydaliyeva – muharrir, N. Antokolskaya – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Rustamov – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz