Mithila Palkar
Mithila Palkar (1993-yil 11-yanvarda tugʻilgan) — hind aktrisasi. “Girl in the City"(Shahardagi qiz) seriali va Netflixning “Little Things"(Kichik narsalar) serialidagi rollari bilan tanilgan. U dastlab 2016-yil mart oyida "Cup song"(Kubok qo'shig'i)ning marathi tilidagi versiyasini kuylab chiqqanidan so'ng mashhurlikka erishdi. Palkar aktyorlik debyutini 2014-yilda marathi tilida qisqa metrajli “Majha Honeymoon"(Majha asal oyi) filmida amalga oshirgan. Uning Bollywooddagi birinchi mashhur filmdagi rolini Nikhil Advanining "Katti Batti"da o'ynagan edi. U 2018-yilda "Karwan" filmida bosh rolni ijro etgan.
Yoshlik yillari
Palkar 1993-yil 11-yanvarda maratha oilasida tugʻilgan. U dastlab ota-onasi bilan Vasayda yashagan, biroq u va singlisi bilan yuzaga kelgan, maktabga qatnashdagi qiyinchiliklari tufayli onasi va buvisi bilan Dadarga ko'chib o'tishgan. Uning oilasida san'atga yaqin kishilar yo'q edi va bobosi dastlab uning aktrisa bo'lish qarorini ma'qullamagan. Uning singlisi nevrologiya fanlari nomzodi va Los-Anjelesda yashaydi. Palkar birinchi marta VII sinfda o'qiyotganida maktablararo o'tkazilgan drama tanlovida ishtirok etgan. U "IES"ning Dadardagi Zamonaviy ingliz tili maktabida o'qishi bilan birgalikda teatrda rol ijro etish, raqsga tushish va qo'shiq aytishda doimo faol bo'lgandi. U oliy o'rta maktabda ilm-fan bilan shug'ullangan, ammo MMK kollejiga o'qishga kirib teatr va filmlar yo'nalishida o'qidi. 2013-yilda oʻqishni tamomlagan. "Kvazar unga Thespo" deb nomlangan teatr festivalini olib boruvchilik qilgan. Palkar avvalroq Hindiston klassik musiqasi boʻyicha Kathak shahrida tahsil olgan va Los-Anjelesdagi "Stella Adler" aktyorlik studiyasida aktyorlik mahorati boʻyicha tezkor kurslarda ta'lim olgan.
Faoliyati
Palkar o'zining dastlabki aktyorlik rolini 2014-yilda 16- Mumbay xalqaro kinofestivalida namoyish etilgan Marathining qisqa metrajli "Majha Honeymoon"(Majha asal oyi) filmida ijro etgan. Uning hind kino sanoatidagi ilk muvaffaqiyati 2014-yil iyun oyida "Katti Batti" filmidagi Imron Khanning singlisi rolini ijro etganida bo'lgan. Film kutilganiday muvaffaqiyatli chiqmadi, lekin Palkar o'z roli bilan e'tiborga tushdi va "Maggi", "Tata Tea" va "Zomato" reklamalarida rol o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi.
Palkar 2016-yilning mart oyida Anna Kendrickning Pitch Perfect’dagi kubok qoʻshigʻidan ilhomlanib “Cup song”ning marathi versiyasini kuylab mashhur bo'ldi. Ushbu qo'shiq YouTube’da 6 milliondan ortiq tomoshabinlar tomonidan ko'rildi. U avvalroq kubok qo'shig'ining boshqa versiyasini sinab ko'rgan va "Can't Take My Eyes Off you" qo'shig'ini ijro etgan. Keyinchalik u Bharatiya Digital Party (BhaDiPa) bilan hamkorlikda “Maharashtra Desha” deb nomlangan qoʻshiqni kuyladi va ijro 2016-yil 1-mayda YouTube’da Maharashtra kuni munosabati bilan chiqarilgan.
2017-yilda u Aarambh nomli teatr guruhi bilan Tunni Ki Kahani (bolalar musiqiy asari) va Aaj Rang Xay kabi (Hindustan musiqasi) ikkita spektaklda rol ijro etdi. O'sha yilning oxirida Palkar Marathi kinoteatrida Emey Vag bilan birga "Muramba" filmida rol ijro qildi. 2018-yilda Palkar Irrfan Khan, Dulquer Salmaan va Kriti Kharbanda bilan birga "Karwaan" deb nomlangan hind filmida oʻzining birinchi bosh rolini oʻynagan. Film sahnaga 2018-yil 3-avgustda chiqdi.
"Forbes India" gazetasi 2018-yil fevral oyida 30yoshgacha bo'lgan mashhurlar roʻyxatida Palkarni ham kiritgan.
2019-yilda Palkar Sachin Yardi rejissori bo'lgan Netflixning "Chopsticks" filmida rol o'ynadi. Filmda u, Abhay Deol o'ynagan firibgar bilan uchrashganidan keyin hayoti o'zgarib ketgan Nirma ismli o'ziga ishonmaydigan qiz rolini o'ynadi. Keyinchalik u Dhruv Sehgal bilan Taco Bellning shoularida ishtirok etgan. Palkarning navbatdagi loyihasi Renuka Shahane tomonidan suratga olingan va Tanvi Azmi va Kajol ishtirokidagi Netflix filmi hisoblanganTribhanga" bo'ldi.
2020-yilda u Hindistonning 35 yoshgacha bo'lgan mashhur insonlari ro'yxatiga kirdi.
Filmografiya
Filmlar
Veb-seriya
Teatr
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org