Mitchell Weiser




Mitchell-Elijah Weiser (talaffuzi: Mishell Veyzer; 1994-yil 21-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Werder Bremen klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Yoshligida



Sobiq nemis futbolchisi Patrick Weiserning oʻgʻli Weiser bolaligini Braunschweigda oʻtkazgan. U yerda Eintracht Veltenhof klubi yoshlar jamoasida oʻynagan.

1. FK Köln



Weiser faoliyatini 2005-2006-yilgi mavsumda 1. FC Kölnda boshlagan. 2011-yilda U17 jamoasi bilan ilk kubokni qoʻlga kiritgan.

Bundesligadagi debyutini 2012-yilning 25-fevralida Bayerga qarshi o‘yinda klubning eng yosh futbolchisi sifatida o‘tkazdi. Bu uning „Bayern Munich“ga oʻtishdan oldin jamoadagi yagona oʻyinidir.

Bayern Munich



2012-yilning 1-iyunida Weiser Bayern Munichga oʻtib, 2015-yilgacha shartnoma imzoladi.

2013-2014-yilgi mavsumda Bayern Munichga qaytganida, Weiser Bayern Munich safidagi ilk golini 2013-yilgi Audi Cup musobaqasida San-Paulu darvozasiga kiritdi.

2013-yilning 5-noyabrida UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini Bayern Munich bilan guruh bosqichida FC Viktoria Plzeňga 1:0 hisobida g‘alaba qozonganida oʻtkazdi, 87-daqiqada Mario Götse o‘rniga maydonga tushgandi.

2014-yilning 5-aprelida Bayern Munich safida Bundesligadagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Chempionlik allaqachon qoʻlga kiritilganidan soʻng, Weiser asosiy tarkibga tanlandi.

2015-yilning 21-fevralida SC Paderborn 07ga qarshi 6:0 hisobida g‘alaba qozongan. Weiser o‘zining Bundesligadagi ilk golini 78-daqiqada kiritdi.

Gerta BSC



Weiser 2015-yil 17-iyun kuni Herta BSC bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2015-2016-yilgi mavsumning boshlanishini oʻtkazib yubordi. Gerta safida Werderga qarshi ikkinchi oʻyinda oʻynadi. 2015-2016-yilgi mavsumni 33 oʻyinda ikkita gol bilan yakunlagan. 2016-yilning 18-sentyabrida Schalkega qarshi o‘yinda (2:0) birinchi golni kiritdi. 2016-2017-yilgi mavsumda 21 oʻyinda 4 ta 2017-18-yilgi mavsumda 31 oʻyinda ikkita gol bilan yakunlagan.

Bayer Leverkusen



2018-yilning may oyida Leverkusen Gertadan Mitchell Weiserni 2023-yilgacha sotib olgani va shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2018-yilning 29-noyabrida Yevropa musobaqalaridagi ilk golini 2018-2019-yilgi UEFA Yevropa Ligasi doirasidagi Ludogorets Razgrad ga qarshi o‘yinda (1:1) kiritdi.

Werder Bremen



Weiser 2. Bundesliga klubi Werder Bremenga 2021-yil 31-avgustda qoʻshildi. 11-sentabr kuni Ingolshtadtga qarshi o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda ikkinchi gol urdi. Iyul oyida Werder bilan doimiy shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati



2010-yil 10-yanvarda Weiser Germaniya U16 terma jamoasida Kiprga qarshi 6:0 hisobidagi oʻyinda debyut qildi. U 2010-yilning 4-sentyabrida Ozarbayjonga qarshi oʻyinda (2:0) U-17 terma jamoasidagi ilk golini kiritdi. Uning birinchi xalqaro turniri 2011-yilda Serbiyada bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati bo‘lib, unda jamoa Gollandiyaga qarshi finalda oʻynashdi va 2:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan FIFA U-17 Jahon chempionati uning navbatdagi turniri boʻlib, jamoa uchinchi oʻrinni egalladi va Weiser oltita oʻyinda uchta gol bilan turnirni yakunladi. Uning oʻyin uslubi va qobiliyati Dani Alves bilan taqqoslangan. 2017-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati finalida 21 yoshgacha bo‘lgan Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda yagona gol muallifi bo‘ldi va jamoaga 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi umumiy chempionligini qo‘lga kiritishiga yordam berdi.

Faoliyat statistikasi



Klublarda



1-iyun, 2022-yil

Terma jamoada




Yutuqlari



Bayern Munich

Germaniya

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz