Mitan (shaharcha)




Mitan — Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi shaharcha (1986-yildan). Tuman markazi (Ishtixon)dan 8 km, Samarqand shahridan 68 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (30 km). Aholisi 5,7 ming kishi (2000). M. Nurota togʻ tizmasining Oqtov adirlari adogʻida, oʻrtacha 250 m balandlikda joylashgan. 1926—58 yillarda Mitan tumanining markazi boʻlgan. 1958-yilda Mitan tumani tugatilgach, Ishtixon tumani tarkibiga kirgan. "Mitan" soʻzi shaharcha hududida yashovchi oʻzbeklarning qad. "mitan" (muytan) urugʻi nomidan kelib chiqqan. M.da paxta tozalash zavodi, MTP, dehqon bozori, 2 umumiy taʼlim maktabi, iktidorli oʻquvchilar uyi, kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Bolalar kasalxonasi, tuman kasalxonasining terapiya boʻlimi, dorixonalar faoliyat koʻrsatadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz