Mississippi
Mississippi — AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydoni 123,5 ming km². Axoliyey 2,8 mln. kishi (2002). Aholining 47 % shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri — Jackson. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik, shtatning gʻarbiy chegarasi boʻylab oʻtgan Mississippi daryosining soʻl irmoklari bilan kesilgan. Iklimi subtropik sernam iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 8°, iyulniki 27°. Shimolda keng bargli, janubda igna bargli oʻrmonlar, Meksika qoʻltigʻi sohilida botqoq sarvi oʻsadi.
Mississippi — agrar shtat. Asosiy ekini — paxta. Paxta hosili yetishtirishda mamlakatda Texas shtatidan keyin 2-oʻrinda. Soya, makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, shakarqamish ekiladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Parrandachilik bilan shugʻullaniladi.
Neft, tabiiy gaz qazib chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik va kemasozlik. Mississippi daryosida sohilida Galfport porti bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org