Miss Universe 2015




„Miss Universe 2015“ 2015-yilning 20-dekabr kuni AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahridagi The AXIS koʻrgazmasida „Miss Universe 2015“ tanlovining 64-tanlovi boʻlib oʻtdi. Bu 2015-yil 14-sentabrda Donald Trampdan „Miss Universe“ tashkilotini sotib olgan WME / IMG mulki ostida oʻtkaziladigan tanlovning ilk soni hisoblanardi. Shunday qilib, bu „XXI Fox“ va „Azteca“ tomonidan tanlovning ingliz va ispan teleradiokompaniyalari sifatida efirga uzatilgan birinchi „Miss Universe“ tadbiridir.

Tadbir soʻngida kolumbiyalik Paulina Vega filippinlik Pia Vurtsbaxga „Miss Universe 2015“ tojini tantanali ravishda topshirdi. Bu Filippinning soʻnggi 42 yil ichidagi birinchi gʻalabasi edi. Shu bilab birga mamlakat tanlov tarixidagi uchinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Bu yilgi koʻrik-tanlovda 80 mamlakat hamda turli hududdan kelgan ishtirokchilar bellashishdi. Musobaqada Stiv Xarvi boshlovchi sifatida xizmat koʻrsatdi. Roselin Sanches esa sahna ortidagi boshlovchi sifatida ishtirok etdi. Bu yilgi tanlovda mashhur qoʻshiqchilardan biri hisoblangan Charli Put, The Band Perry hamda Seal ishtirok etdi.

Joylashuvi va sanasi



Donald Trampning 2015-yil 16-iyun kungi nutqi chogʻida meksikalik muhojirlar haqidagi bayonotlaridan keyin, Kolumbiya mamlakati Trampni qoraladi. Ushbu voqeadan soʻng AQSh musobaqaga mezbonlik qilish taklifini qaytarib oldi. Bundan tashqari, „NBCUniversal“ va „UniMás“ (tanlovning ispaniyalik teleradiokompaniyasi) „Miss USA“ 2015 tanlovini translyatsiya qilishni rad etdi, shu bilan birga tanlovga boʻlgan huquqlarini bekor qildi. Bu „NBC“ va „UniMás“ ham tanlovni efirga uzatishdan bosh tortganidan soʻng Trampni sudga daʼvo qilishga undadi.

2015-yil 11-sentabrda Donald Tramp „NBC Universal“ kompaniyasining „Miss Universe“dagi ulushini sotib olib, uni „Miss Universe“ tashkilotining yagona egasiga aylantirgan. Uch kun oʻtib, 2015-yil 14-sentabrda WME/IMG ilgari Trampga tegishli boʻlgan „Miss Universe tashkiloti“ni sotib olgan.

2015-yil 28-oktabrda, WME/IMG tashkilotni Trampdan sotib olganidan bir oydan koʻproq vaqt oʻtgach, „Fox“ 2015-yil 20-dekabrda boʻlib oʻtadigan „Miss Universe 2015“ tanlovini va „Miss USA 2016“ni efirga uzatish huquqini qoʻlga kiritganini maʼlum qildi. Tanlov AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahridagi „Planet Hollywood“ning „The AXIS“ teatrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Dekabr oyida „Azteca América“ tanlovni efirga uzatish huquqini qoʻlga kiritdi.

Ishtirokchilarni tanlanishi



Tanlovda 80ta mamlakat va turli hududdan ishtirokchilar saralab tanlab olindi.

Amina Dagi „Miss Avstriya 2012“, Annika Grill „Miss Avstriya 2015“, ikki tanlovning bir-biriga qarama-qarshi jadvallari tufayli faqat „Miss World 2015“ da qatnashganidan soʻng Avstriya vakili etib saylandi. 2015-yilda „Miss France“ tanlovida Kamil Serf „Miss Universe 2014“ tanlovida esa Flora Kokerel ishtirok etishi zarur edi. Ikki delegat oʻrtasida oʻzgarish „Miss Universe“ va „Miss France 2016“ oʻrtasidagi taqvimdagi ziddiyat tufayli yuz berdi, bunda Serf shartnoma boʻyicha ishtirok etishi shart edi. „Miss Gabon 2015“ tanlovining uchinchi sovrindori boʻlmish Ornella Obone Gabonni vakillik qilish uchun tayin qilindi. Reine Ngotala, „Miss Gabon 2015“ ikki tanlovning bir-biriga qarama-qarshi taqvimi tufayli faqat „Miss World 2015“da ishtirok etagan. Livanlik Sintiya Samuel, rossiyalik Vladislava Evtushenko va janubiy afrikalik Refilve Mtimunye ham oʻzlarining asl unvon egalari — „Miss Lebanon“ Valeri Abu Chakra, „Miss Russia 2015“ Sofiya Nikitchuk „Miss South Africa 2015“ tanloviga layoqatsiz boʻlganidan soʻng tayinlanganlar.

Barbara Ljiljak dastlab „Miss Universe“ tanlovida Xorvatiya vakili boʻlishi kerak edi. Biroq, Ljiljak tanlovga joʻnab ketishdan bir necha soat oldin qoʻlini sindirib olgani sababli, „Miss Universe“ tanlovida qatnasha olmadi va tanlovni tark etdi. Voqea tufayli „Miss Croatia 2015“ tanlovining ikkinchi sovrindori Mirta Kustan Xorvatiya vakili sifatida mas’uliyatni oʻz zimmasiga oldi va shu bilan birga tanlovda ishtirok etdi. Kushbu Ramnawaj, „Miss Mauritius 2014“, dastlab „Miss Universe“ tanlovida Mavrikiy vakili boʻlishi kerak edi. Ammo, Miss Mauritius sifatida oʻz majburiyatlarini bajara olmaganligi tufayli, Ramnawaj oʻrniga „Miss Mauritius 2014“ tanlovining birinchi ikkinchi sovrindori Sheetal Xadun keldi.

Tanlov paytida sodir boʻlgan voqealar



Eshittirish gʻolib bilan bogʻliq xato tufayli butun dunyo ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini jalb qildi. Boshlovchi Stiv Xarvi dastlab kolumbiyalik Ariadna Gutierrezni yangi „Miss Universe“ deb eʼlon qildi. Toj kiyishdan bir necha daqiqa oʻtgandan soʻng, Xarvi sahnaga qaytib, kechirim soʻradi va Gutierrez birinchi, Filippinlik Pia Vurtzbax esa gʻolib boʻlganini maʼlum qildi. Keyinchalik u gʻolibning ismini oʻqiyotganda sarosimaga tushib qolganini, chunki kartada ikkala ism ham borligini va u faqat Kolumbiya nomi bilan 1-chi payqaganini aytib, uzr soʻradi. Shu tufayli, Paulina Vega oʻzining haqiqiy vorisi sifatida Gutierrezdan toj va belbogʻni olib tashlashga hamda Vurtzbax tojini oʻrnatishga majbur boʻlgan edi. Toj kiyish marosimidan keyin, Gutierres hamkasblari qurshovida boʻlgan voqea tufayli yigʻlab yuborgan. Vurtzbax Gutierrez bilan gaplashmoqchi boʻldi, biroq uning nomzodlaridan biri „orqaga qadam qoʻyishni“ aytdi, boshqalari esa uni butunlay rad etishdi.

Joylashuvlari



Maxsus mukofotlari




Eng yaxshi milliy libos

Tanlov



2014-yildagi kabi, oʻn besh yarim finalchi suzish va kechki liboslar tanlovi va yopiq intervyulardan iborat dastlabki tanlov orqali tanlangan. Eng yaxshi 15 kishi suzish kostyumi tanlovida ishtirok etish uchun tanlab olindi. 10 nafari kechki liboslar tanlovida oldinga chiqdi. Beshta ishtirokchi eng yaxshi beshlikka kirdi hamda savol-javob qismida ishtirok etadi. Beshtadan uchtasi Finalga chiqadi va yakuniy savol va yakuniy yurishda ishtirok etadi. Ushbu nashrda birinchi marta tanlovda real vaqt rejimida ovoz berish tizimi joriy etilgan edi. Tomoshabinlar jonli efirda mayo, kechki libos, savol-javob va yakuniy savol bosqichlarida ishtirokchilarga ovoz berishlari mumkin. Global ovoz berish va Final qismiga kirmaydigan 77 ta ishtirokchi keyingi „Miss Universe“ kim boʻlishini aniqlashga yordam beradi.

Tanlov komissiyasi



Dastlabki musobaqada

Yakuniy telekoʻrsatuvdagi tanlov komissiyasi

„Miss Universe 2015“ koʻrik tanlovida 80 nafar ishtirokchi gʻoliblik uchun kurash olib bordi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz