Misrning yangi poytaxti




Misrning yangi poytaxti — haqidagi katta proektni, 2015-yilning 13-mart kuni Misrning qurilish vaziri Mustafo Madbuli, Misrning iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha konferensiyada eʼlon qildi.

Yangi shahar-poytaxt, Misrning hozirgi poytaxti Qohiraning shahrqiy qismida, ikkinchi okrug yoʻlining rivojlanmagan qismida barpo etilishi rejalashtirilgan. Yangi shahar Qohiradan farqli oʻlaroq Suvaysh kanaliga yaqinroq joylashgan boʻladi. Reja boʻyicha, hozircha nomsiz yangi shahar-poytaxt Misrning yirik maʼmuriy va iqtisodiy poytaxtiga aylanadi. Shuningdek, yangi shaharda barcha davlat organlarining bosh binolari, yirik kompaniya va korporatsiyalar ofislari joylashadi, Maydoni 700 km² boʻlishi rejalashtirilayotgan shaharda qariyb besh million kishi istiqomat qilishi koʻzda tutilgan.

Yangi shaharda, dunyodagi eng yirik park — AQSHning Kaliforniya shtatidagi «Disneylend»dan toʻrt baravar yirik park boʻlishi rejalashtirilgan. Qariyb 90 km² maydonda esa, «quyosh fermalari», yaʼni quyosh nuridan elektrostansiyalarga energiya yetkazib beradigan majmua quriladi. Yangi shaharda yangi xalqaro aeroport qurilishi ham koʻzda tutilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz