Misr tili




Misr tili , qadimgi misr tili — hozirgi Misr hududida tarqalgan, somxom tillari oilasiga mansub. Arab tilining misr lahjasi tomonidan siqib chiqarilgan va milodiy 5-asrdan ulik tilga aylangan. Misr tilida yozilgan dastlabki yodgorliklar miloddan avvalgi 4ming yillik oxiri — 3ming yillik boshiga toʻgʻri keladi. Oʻzining 35 a.dan iborat tarixida Misr tili bir-biridan far-klanuvchi 4 ta taraqqiyot bosqichini bosiboʻtgan: kad. Misr tili (miloddan avvalgi 32—22-asrlar), oʻrta Misr tili (miloddan avvalgi 22—14-asrlar), yangi Misr tili (miloddan avvalgi 14—7-asrlar), demotik Misr tili (miloddan avvalgi 7-asr — milodiy 5-asr); yozuvining oʻta murakkabligi sababli, Misr tilining grammatik qurilishi, lahjalari haqidagi barcha maʼlumotlar taxminan harakterga ega. Misr tilini va uning negizida paydo boʻlgan kopt tilini, bu tillarning yozuvlarini oʻrganish davom etmoqda.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz