Misr prezidentlik saylovi (2014)




2014-yilgi Misr prezidentlik saylovi 2014-yil 26—28-may kunlari oʻtkazildi. Saylovga ikki nomzod — sobiq mudofaa vaziri Abdulfattoh as-Sisiy va soʻlchi Misr ommabop oqimi rahbari Hamdin Sabohiy qoʻyildi. Saylov sobiq prezident Muhammad Mursiy toʻntarilishiga olib kelgan 2013-yilgi iyun namoyishlaridan qariyb bir yil keyin boʻlib oʻtdi. Ikki kunga moʻljallangan saylov uch kunga choʻzildi. Rasmiy statistikaga binoan 25 578 233 fuqaro (aholining 47,5%) ishtirok etib, 23,78 million odam (qatnashganlarning 96,91%) as-Sisiyga ovoz berishdi, bu 2012-yilgi saylovda Muhammad Mursiyga berilgan 13 million ovozdan oʻn millionga koʻpdir. Saylovda as-Sisiy yutib chiqqani rasman eʼlon qilindi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz