Misli oʻgʻitlar




Misli oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklda mis boʻlgan mikrooʻgʻitlar. M.oʻ. sifatida mis sulfat (mis kuporosi), pirit (kolchedan) chiqindi va tarkibida mis boʻlgan har xil sanoat chiqindilari ishlatiladi. M.oʻ.ga bugʻdoy, suli, arpa, kungaboqar, qand lavlagi ancha talabchan. M.oʻ. 4—6 yilda bir marta 5–6 kg/ga miqdorida kuzgi shudgorlashda solinadi. Mis kuporosidan, shuningdek, ekish oldidan uruglikka ishlov berish (0,1—0,2% li eritmasi), bordo suyusligi tayyorlashda foydalaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz