Miskolc




Mishkols — Vengriyaning shim.sharqiy qismidagi shahar. Shayo daryosi boʻyida, Byukk togʻi etaklarida joylashgan. Borshod-Abauy-Zemplen medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 178 ming kishi (1999). Ahamiyati jihatidan mamlakatda 2-oʻrindagi (Budapeshtdan keyin) sanoat markazi. Qora metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, stanoksozlik, ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika, transport), sement, toʻqimachilik, oynashisha, tikuvchilik, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Politexnika instituti, muzeylar, teatr bor. 13—16-asrlarda qurilgan meʼmoriy obidalari saqlangan. M. shahar yaqinidagi Lillafyured kurortlari bilan Byukk milliy bogʻi tarkibida. Shahar yaqinida qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz