Miskin Qilich




Miskin Qilich (taxallusi; asli ismi Mulla Qilich; taxminan 1847, Xiva — 1906, Goʻron) — turkman xalq shoiri, bastakor va sozanda. Buxoro madrasasida tahsil olgan. Shoirning qoʻshiqlari xalq oʻrtasida shuhrat topgan. Uning qoʻlyozmalari saqlanmagan, 100 ga yaqin ishqiy, axloqiy, ijtimoiy mavzulardagi qoʻshiklari, "Botir Na-pis", "Bekzoda Qurbon", "Tovqi" dostonlari shogirdlari va xalq qoʻshiqchilaridan yozib olingan. "Topmadim", "Nishon", "Oppoqqina", "Gʻamzang oʻqi", "Dogʻlar", "Yangligʻ" singari sheʼrlarida xalqning ogʻir ahvoli tasvirlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz