Mishti




Indrani Chakraborty (1994-yil 21-dekabrda tugʻilgan) - hind aktrisasi. Aktrisalik sohasida Mishti nomi bilan tanilgan. Millati bengal boʻlib, asosan telugu va hind filmlarida suratga tushadi. U "Kaanchi:The Unbreakable"(Kaanchi:Buzilmas)(2014), Chinnadana Nee Kosam(2014), Adam Joan(2017), Brixaspathi(2018) va "Burra Katha"(2019) kabi filmlarda suratga tushgan va mashhur bo'lgan.

Yoshlik yillari



Mishti tug'ilganida Indrani Chakraborty ismini olgan. 1987-yil 21-dekabrda Hindistonning Gʻarbiy Bengaliya shtati, Kalkutta shahrida bengal oilasida tugʻilgan. Uning onasi Beena Chakraborty uy bekasi, otasi esa qurilish biznesi bilan shug'ullanuvchi tadbirkor. U Kalkutta universitetining ingliz adabiyoti fakultetini tamomlagan.

U Mishti ismini 2014-yildan boshlab professional aktrisalik faoliyatida faol ravishda ishlata boshladi.

Faoliyati



U oʻzining Bollivuddagi debyutini Subhash Ghaining “Kaanchi: The Unbreakable” filmi bilan va telugu tilidagi filmlardagi debyuti A. Karunakaranning filmi "Chinnadana Nee Kosam" filmida amalga oshirgan. Prithviraj Sukumaran va Jinu Abrahamning Adam Joan filmi bilan malayalam tilidagi filmda dastlabki rolini ijro etgan.

Mishtining navbatdagi telugu filmi "Columbus" filmi bo'lib, bosh rolni Sumanth Ashwin o'ynagan va MS Raju tomonidan sahnaga olib chiqilgan. U Bollivudga Indra Kumarning "Great Grand Masti" filmida rol ijro etish bilan qaytdi. Bu Masti o'ynagan filmalarning 3 to'plami edi. 2017-yilda u Srijit Mukherjining "Begum Jaan" tarixiy filmida Naseeruddin Shoh va Vidya Balan bilan birga rol o'ynadi. Film fohishaxona haqida suratga olingan va u filmda Shabnam rolini ijro etgan edi. Film Hindistonda o'rtacha daromad keltirgan filmlar qatoriga kiradi.

Reklamalarda



Mishti - "Vicco" kompaniyasining brend yuzi va elchisi hisoblanadi.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz