Misha Ge
Ge Misha Tszyunovich (1991-yil 17-mayda tugʻilgan) — xalqaro toifadagi sport ustasi. 2010-yildan muzda nafis uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Misha Ge Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Fransiya, AQSh, Avstriya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Bolgariya, Polsha kabi oʻndan ziyod mamlakatlarda boʻlib oʻtgan xalqaro turnirlarda qatnashib koʻplab sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
Misha Ge 2014-yil 7-23-fevral kunlari Sochi shahrida oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida ham ishtirok etdi. 13-fevral kuni qisqa dastur boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda, 14-fevral kuni esa erkin dastur boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada gʻoliblik uchun bahs yuritdi.
Sport faoliyati
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org