Mirzohid Ubaydullayev
Mirzohid Ubaydullayev (1976-yil, Fargʻona tumani) — Fargʻona shahar hokimi (2021). 1999-yil Fargʻona politexnika institutini, 2013-yil Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. 2014-2015 yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshligʻi, 2015-2016 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 2016-2020 yillarda Margʻilon shahar hokimi kabi lavozimlarda ishlagan. U 2020-yil aprelidan Fargʻona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan. 2021-yilning dekabrida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga oʻtkazilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org