Mirzohid Gʻofurov




Mirzohid Gʻofurov (1988-yil 24-avgustda Oʻzbekistonda tugʻilgan) Oʻzbekistonlik futbolchi, pozitsiyasi boʻyicha himoyachi. Hozirda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati



Mirzohid Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyati Andijonda, boʻyoqchilar klubi „UzdongJu“ klubida boshlagan. Andijonliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surgan. 2009-yil Namanganning „Navbahor“ klubi tarkibiga oʻtadi. 2011-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ klubi tarkibiga borib qoʻshiladi va 4 mavsum davomida „gazchilar“ sharfini himoya qiladi. 2015-yilgi mavsum avvalida Toshkentning „Bunyodkor“ klubiga Sergey Lushan taklifiga koʻra, qaldirgochlar libosini kiyadi. Yarim mavsum davomida „Bunyodkor“ klubi sharafini himoya qilgan Mirzohid 2015-yil yozgi mavsumida Muborakning „Mash’al“ klubiga qaytadi. Muborakliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surgan xolda 2017-yil sobiq jamoasi „Navbahor“ klubiga qaytadi. Lochinlar sharafini 5 mavsum davomida himoya qilib 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida bronza medallariga sazovoz boʻldi. 2022-yilgi mavsumda yangi oʻzgarishlarni boshdan kechirayotgan Fargʻonaning „Neftchi“ klubi taklifini qabul qiladi. Hozirda „neftchilar“ klubi aʼzosi.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz