Mirzo Xo‘qandiy (1880-1943)



Mirzo Xo‘qandiy (taxallusi; asl ism-sharifi Xayrullaxon Sayd Nosir o‘g‘li Mirzo) (1880, Qo‘qon - 1943, Toshkent) — shoir va ma’rifatparvar. Qo‘qon madrasasida Sulaymonquli Rojiytsyam adabiyot, husnixat, muammodan saboq olgan.

1910 yilda yangi usulda maktab ochib, o‘qituvchilik qilgan. 1912 yildan mazkur maktab qoshida «Ma’rifat» nomli kutubxona va nashriyot tashkil etgan. «Tuhfat ul-atfol» («Bolalar sovg‘asi»), «Turki avvali ilm» («Dars rahbari»), «Rahbari alifbo» kabi darsliklarni tarjima qilib, nashr ettirgan. «Gulshani Mirzo», «Gulshani xayol» nomli darsliklar tuzgan.

Fors tilidan «Mushuk va sichqon» hikoyasini, Abdurahmon Jomiyning «Risolai muammo»sini tarjima qilgan.

1916 yilda Vayner matbaasida «Jumboq majmuasi» nomli topishmoklar to‘plamini nashr ettirgan.


Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz