Mirzo Ulugʻbek muzey-majmuasi
Mirzo Ulugʻbek muzey-majmuasi "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasi tizimidagi davlat muzeyi.
Rus olimi V.L.Vyatkin vaqf hujjatlaridan birida Obi Rahmat arig‘i yoqasidagi Naqshi jahon degan joyda “Tali rasad” (rasadxona tepaligi) bo‘lgani haqidagi ma’lumotni uchratib qoladi. 1908-yilda shu yerda qazish ishlarini olib boradi va – Ulug‘bek rasadxonasi ochiladi.
Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi XV asr me’morchiligining nodir namunalaridan biridir. Bino 1428-29-yillarda Ko‘hak(Cho‘ponota)tepaligida, Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan. Rasadxona silindr shaklida uch qavatli, balandligi 30,4m dan iborat ulkan bino bo‘lib, unda radiusi 40,2 metrli gigant-kvadrant bo‘lgan. Kvadrantning janubiy qismi yer ostida joylashgan bo‘lib, qolgan qismi shimol tomonda yer sathidan 30 metr baland bo‘lgan.
Muzey 1964-yilda rasadxona yonida muzey ochilgan. 1994-yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan rasadxonada katta obodonchilik ishlari amalga oshirildi, muzeyning yangi ekspozitsiyalari yaratildi. Lekin binoning seysmik talablarga javob bermasligi hisobga olinib 2010-yil eski muzey binosi o‘rnida yangi muzey binosi qad ko‘tardi.
Monumenti Rasadxona joylashgan hududning g‘arbiy tomonidan ko‘tarilaverishda O‘zbekiston xalq rassomi Ravshan Mirtojiyev tomonidan yaratilgan buyuk olim, taniqli davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning taxtda o‘tirgan haykali, uning orqa tomonga Respublika badiiy akademiyasi a’zosi Rustam Solijonov muyqalamiga mansub “yulduzli osmon” tasviri tushirilgan panno oʻrnatilgan.
Ekspozitsiyasi Muzeyning ko‘rgazma zallari jahon standartlariga mos vitrinalar bilan jihozlangan. Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarda foydalanilgan “Dovul” ekspozitsiyamizdagi asl ashyolardan hisoblanadi. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida kvadrantdan tashqari bir necha kuzatish asboblaridan ham foydalanilgan. Ularning orasida armilyar sfera (Zat al-xalak), trikver (Zat ash-shubatayn) kabi asboblar mavjud bo‘lgan. Ekspozitsiyada Mirzo Ulugʻbek tomonidan rasadxonada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar namunalri, uning faoliyatiga bagʻishlab chet ellik olimlar tomonidan yozilgan manbalar, uning tadqiqoti natijalari va boshqa koʻplab muhim ashyolar oʻrin olgan.
Muzey ekspozitsiyasidan galleriya
Mirzo Ulug‘bekning boy ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va rahbarligida Mirzo Ulug‘bekning 600 va 615 yillik tavallud ayyomlari xalqaro miqyosida keng nishonlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1994-yilni “Mirzo Ulug‘bek yili” deb e’lon qilindi.
Yana qarang
uz.wikipedia.org