Mirzo Samarqandiy Mulla Abdurahmon ibn Muhammad Latif Mustajir
Mirzo Samarqandiy Mulla Abdurahmon ibn Muhammad Latif Mustajir (19-asr) — samarqandlik tarixchi va tarjimon. Iskandarkoʻl ekspedi-siyalarit sharqshunos A. L. Kunning shaxsiy tarjimoni sifatida qatnashgan. M. S. "Roʻznomayi safari Iskandarkoʻl" ("Iskandarkoʻlga qilingan sa-far kundaligi"), "Roʻznomayi vistavkayi Maskob" ("Moskva koʻrgazmasi kundaligi") (A. L. Kun bilan birgalikda) nomli asarlar muallifi. M.S. "Roʻznomayi safari Iskandarkoʻl" asarida Iskandarkoʻl hududining oʻsha dav-rdagi ahvoli, aholisining turmushi va tili haqida maʼlumotlar berilgan. Bu asarlarning dastlabki nusxalari Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg boʻlimida saqlanadi. Asar Oʻrta Osiyo xalqlarining tarixi, et-nografiyasi va arxeologiyasini oʻrganishda muhim manbadir.
Manbalar
uz.wikipedia.org