Mirzo ota (Otamozor) qabristoni
Mirzo ota qabristoni yoki
Otamozor — Toshkent shahrining Yashnobod tumani „Go‘zal“ mahallasi hududida joylashgan qabriston.
Tarixi
Qabriston xalq orasida Otamozor nomi mashxur boʻlib, XVII-XVIII asrlarda tashkil topgan.
Mozor
Qabristonning umumiy maydoni 21,40 gektarni tashkil qiladi va ushbu hududdagi katta qabriston hisoblanadi. Qabristonga ikkita joydan kirish mumkin. Birinchisi qabristonning shimoliy qismidagi Goʻzal 5-tor koʻchasida joylashgan darvoza orqali. Ikkichisi esa janub tomonida joylashgan darvoza orqali. Bu yerga Ilgʻor Shoh koʻchasi orqali kirib kelinadi. Aynan shu koʻchada „Dorul Islom“ jomeʼ masjidi joylashgan.
Obodonlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1014-sonli qarori asosida ushbu qabriston va shuningdek Yashnobod tumanida joylashgan Joʻrabek qabristonini 2018—2020-yillarda sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish, aholi ziyorat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va qabristonning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 946,5 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hudud
Qabristonning gʻarbiy qismidagi „Olmos“ mahalla fuqarolar yigʻini hududida Prezident Shavkat Mirziyoyevning „2017—2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qaroriga asosida umumiy maydoni 31.1 gektarni tashkil qiladigan 1440 ta xonadondan iborat 48 ta besh qavatli binolardan iborat turar joy mavzesi qurilgan. Bu uylar harbiy shaharcha hisoblanib, mavzeda bolalar bog‘chasi, 339-maktab (1200 o'rinli), 67-sonli oilaviy poliklinika va boshqa ijtimoiy ob’ektlar mavjud.
Qabristonning janubiy qismida 20 ta 16 qavatli turar joy binolari qurilmoqda.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org