Mirzo Hamdam madrasasi
Mirzo Hamdam madrasasi — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar ayanchli ahvolda qolib ketgan.
Tarixi
Madrasa 1897—1898-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Koʻkaldosh guzarida, oʻzbek hukmdori Abdulahadxon (1885–1910) hukmronligi davrida, Mirzo Hamdam ibn Mirzo Muhammad Aʼzim ismli shaxs mablagʻlari evaziga bunyod etilgan.
Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat amir Abdulahadxon va qozi Mir Baxriddin ibn Sadriddin muhrlari bilan tasdiqlangan.
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilganidan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2014-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash, restavratsiyalash, hududini obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 120 million soʻm mablagʻ ajratilganligiga qaramay, hozirga qadar inshoot ayanchli ahvolda qolib ketgan.
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Buxoro shahridagi Imom Buxoriy MFYga qarashli Roʻgʻangaron koʻchasida joylashgan.
Meʼmorchiligi
Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 1 qavatli qilib qurilgan. 18 hujradan tashkil topgan.
Manbalar
Havolalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org