Mirzo Boyqaro
Mirzo Boyqaro (1487-yilda vafot etgan) – Temuriylar sulolasining vakili, davlat arbobi. Husayn Boyqaroning akasi. Taxt uchun kurashlarda Husayn Boyqaroga navkar boʻlib xizmat qilgan. Husayn Boyqaro taxtga oʻtirgach, Mirzo Boyqaroni Balx viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Bir necha yil Balxni idora qilgan. Umri oxirida saroy ishlariga aralashmagan. Uning Sulton Muhammad Mirzo, Sulton Vays Mirzo va Sulton Iskandar Mirzo nomli uch oʻgʻli boʻlgan.
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da uni “shikastanafsliq va kichik koʻngulluk, tavozuʼ va taʼzimliq kishi erdi va haqshunosligʻi aʼlo martabada erdi” deb taʼriflaydi va nazm neʼmatidan ham bebahra emas edi deb, bir matlaʼsini keltiradi:
Zihi tajalliyi husni tu dar jahon paydo,
V-az in tajalliyi oʻ gashta joni mo shaydo[2].
(Mazmuni: Goʻzal husning jilvasi jahonni toʻldirdi va uning bu jilvasidan bizning jonimiz shaydo boʻldi).
Manbalar
uz.wikipedia.org