Mirzo Abdukarim Tanburiy




Mirzo Abdukarim Tanburiy (1866, Vobkent — 1924, Buxoro) — XIX asr oxiri va XX asr boshida Buxoroda yashab ijod etgan mashhur tanburchi hofiz va san’atkor.

Ijodi



Mirzo Abdukarim Tanburiy hozirgi Buxoro viloyatining Vobkent tumanida tug‘ilib, yoshligi o‘sha yerda o‘tadi. Boshlang‘ich savodini Vobkentda chiqarib, so‘ngra o‘z ilmini chuqurlashtirish maqsadida Buxoroga ko‘chib keladi. Mirzo Abdukarim Tanburiy (Vobkandiy) tanbur chalishni Otajalol va Otag‘iyos darajasida o‘rganib, maqomxonlikda ham ustozlar qatoridan munosib joy oladi. Shashmaqomning „Savt“ va „Talqin“larini ijro etishda Buxoro hofizlari orasida obro‘ orttirgan xonanda cholg‘u asboblarini ta’mirlash va yangilarini yasashda ham Buxoro va uning tashqarisida mashhur usta sifatida tanilgan. U, xususan, tanbur sozini juda nafis va chiroyli qilib yasagan.

Shogirdlari



.Iste’dodli tanburchi va hofiz Mirzo Abdukarim Tanburiy shogird tayyorlash borasida ham ancha xizmat qildi. Quyidagi nomlari qayd etilgan hofiz va sozandalar uning iste’dodli shogirdlari hisoblanadi:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz