Mirzayusuf Rustamboyev
Mirzayusuf Hakimovich Rustamboyev (ruscha: Мирзаюсуф Хакимович Рустамбаев, 15-oktyabr, 1953-yil, Jambul, Qozogʻiston SSR) – oʻzbek huquqshunosi, yuridik fanlar doktori, professor. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi. 2001-yildan 2012-yilgacha Toshkent yuridik instituti rektori.
Biografiya
1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini bitirgan.
1977—1983-yillarda Oʻzbekiston SSR prokuraturasida ishlagan.
1983—2001-yillarda Toshkent yuridik institutida metodistdan prorektor lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.
2001—2012-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti rektori boʻlgan.
2001—2002-yillarda davlat boshqaruvini demokratlashtirish va referendum oʻtkazish boʻyicha respublika ishchi guruhi aʼzosi.
2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.
2021-yil 22-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi etib tayinlandi va unga polkovnik harbiy unvoni berildi.
„Shaxsga qarshi jinoyatlar“, „Jinoyat huquqi“, „Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat huquqi“ darsliklari muallifi. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti va yuridik ensiklopediyasi tahrir hay’ati aʼzosi boʻlgan.
Oilasi
Oʻgʻli Sardor Rustamboyev – diplomat, siyosiy fanlar nomzodi. 2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya va Portugaliyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
Manbalar
uz.wikipedia.org