Mirzayusuf Musaxonov




Mirzayusuf Mirzamahmudovich Musaxonov (1943.10.9, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), fizikamat, fanlari doktori (1982), professor (1982). Moskva universitetini tugatgan (1967). Toshkent universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy unti) nazariy fizika kafedrasi mudiri (1982-yildan). Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga, asosan, kvant xromodinamikasi (KXD) ga oid. Uning rahbarligida kichik impulsli pi-onlar usuli asosida pionlar va oz zarrali nuklonlar sistemasining oʻzaro taʼsiri uchun yangi koʻp martali sochilish nazariyasi ishlab chiqildi, KXD ning kiral xossalarini hisobga oladigan yangi kvark modeli — kiral beg modeli taklif qilindi. Kiral kvark modellari; kvantlangan maydonlar nazariyasi; nuklonlar uchun kiral nazariya; kichik energiyali soha uchun KXDning effektiv taʼsiri va boshqalar ishlab chiqildi. Ular asosida KXD dagi fizik jarayonlar ilmiy izohlab berildi.

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz