Mirzayev To'ra
Mirzayev Toʻra (1936.6.3, Shofirkon tumani – 29.09.2020) — folklorshunos olim.
Filol. fanlari doktori (1988). professor (1991). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1957). Jarqoʻrgʻon tumani maktablarida oʻqituvchi va oʻquv boʻlim mudiri (1957—60), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant (1961—63), kichik (1964—66), katta ilmiy xodim (1966—71), folklor boʻlimi mudiri (1971-2002), direktor (1991-yildan; 1991—98 yillarda — Adabiyot instituti), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (2001-yildan). M. tadqiqotlari xalq dostonlari va baxshilar epik repertuarini oʻrganishga bagʻishlangan. "Bulbul taronalari" (1971—73), "Pesni Bulbulya" (1974—77), "Oʻzbekskaya narodnaya poeziya" (1990), "Goʻroʻgʻli" dostonlari (1996—97), "Alpomish" (1999) kabi yirik asarlarni nashrga tayyorlagan va muharrirlik qilgan. Oʻzbek tilining izohli lugʻati yaratilishida tahrir hay'ati rahbari sifatida faoliyat olib borgan. Oʻzbek xalq qahramonlik eposi "Alpomish"ni nemis tilida Vaysvadenda nashr ettirgan (hamkorlikda, 2001). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).
Manbalar
uz.wikipedia.org