Mirzayev Fattoh




Fattoh Mirzayev (1921.5.9. Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). Texnika fanlari doktori (1971), professor (1973). Urta Osiyo industrial institutini tugatgan (1945). Shuin-tda dotsent (1953), kimyotexnologiya fakulteti dekani (1965—71), kafedra mudiri (1967—2000), professor (2000-yildan). Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun zarur boʻlgan azotli oʻgʻitlarning yangi turlarini olishga oid. Qoratogʻ fosforitlarini sulfat va gumin kislotalar qoʻshib, nitrat kislota bilan qayta ishlash asosida murakkab oʻgʻitlar olish ustida tadqiqotlar olib borgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz