Mirzasulton Mamatqosimov




Mirzasulton Abduraimovich Mamatqosimov (1967-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2021-yil 27-aprel, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor

Biografiyasi



Mirzasulton Mamatqosimov 1967-yil Zomin tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan. 1995—2021-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti ilmiy xodimi, direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Vafoti



Mirzasulton Mamatqosimov 2021-yil 27-aprelda vafot etgan.

Ilmiy faoliyati



Mirzasulton Mamatqosimov 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fizika-Quyosh“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti aspiranturasida tahsil olgan. 1999-yilda „Yuqori temperaturali quyosh qurilmalari koʻzgularini yustirovka va nazorat qilish usullarini ishlab chiqish“ mavzusida nomzodlik, 2017-yilda „Katta Quyosh pechi va boshqa energetik qurilmalar samaradorligini oshirish uchun ularning ko‘zguli mujassamlashtiruvchi tizimlarini optimizatsiyalash“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz