Mirzaatxam Raximov
Raximov Mirzaatxam Mirzahakimovich (1943—2013) — Toshkentda tugʻilgan. Oliy maʼlumotni M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida olgan. Ushbu oliygohda aspiranturada tahsil olibkimyo fanlari nomzodi unvoniga sazovor boʻlgan (1972-yil). Oʻzbekistonda biotexnologiya fanining tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Milliy universiteti va boshqa qator oliy oʻquv yurtlarida biotexnologiya kafedralari va markazlarini tashkil etgan. Asosiy ilmiy yoʻnalishi fermentativ kataliz asosisda biotexnologik jarayonlar yaratish boʻlsa-da, biologiya, tibbiyot, kimyo, oziq-ovqat va boshqa yoʻnalishlarda oʻta keng faoliyat koʻrsatib kelayotgan yirik olimdir. Yuzga yaqin fan doktorlariga ustozlik qilgan. 500 dan ortiq ilmiy maqolalar, oʻquv qoʻllanmalar, darslik va patentlar muallifi.
Manbalar
uz.wikipedia.org