Mirzaahmad Qurbonov




Mirzaahmad Qurbonov (1949-yil 1-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2012), professor (2016).

Biografiyasi



Mirzaahmad Qurbonov 1949-yil 1-yanvar Toshkent shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan. 1972-yilda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan. 1972—1981-yillarda ushbu universitetning „Umumiy fizika“ kafedrasi assistenti, 1988—2013-yillarda „Fizika oʻqitish uslubi va tarixi“ kafedrasi assistenti, dotsenti vazifasida faoliayt koʻrsatgan. 2013-yildan „Umumiy fizika“ kafedrasi professori.

Ilmiy faoliyati



Mirzaahmad Qurbonov 1991-yilda nomzodlik ishini himoya qilgan, 1994-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 2012-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2016-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 30 dan ortiq monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz