Mirza Polvon
Mirza Polvon Alimov — (1889—1926) — Samarqand shahri va Urgut tumanida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi. Mirza Polvon qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi.
Tarjimayi holi
Mirza Polvon 1889-yilda Samarqand uyezdi Yangi Qozonariq volostining Beshkapa qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1918-yil qizil armiyaga qarshi Ochilbek qoʻrboshi rahbarligida kurash olib borishni boshlaydi. 1923-yil Ochilbek qoʻrboshi vafot etgach, uning qoʻshiniga Hamroqulbek rahbarlik qiladi. Biroq Mirza Polvon unga boʻysunishni istamaydi va Samarqand atrofi va Urgut tumanida mustaqil harakat qilishni boshlaydi. Mirza Polvon mard va polvon, jasur kishi boʻlgan.
Qoʻrboshilik faoliyati
Mirza Polvon 1924-yilda Urgutda tanilgan Olovxon Eshon yordami bilan Samarqand viloyati militsiya boshqarmasi boshligʻi Rahimbek Azimbekovni qoʻlga olish rejalarini amalga oshirgan. Mirza Polvon oʻzining bir necha yillik doʻstini Abduqodir Polvonni oʻziga oʻrinbosar qilib qoʻygan edi. Mirza Polvonning dovrugʻi Turkistonda kundan-kunga oshib, uni qoʻlga olish qiyinlashgan. Sovet hokimiyati uni qoʻlga olish rejalari izlay boshlagan. Shullukli Nayman qishlogʻidagi Mulla Alimboy bilan Mirza Polvon juda yaqin edi. Bu holat kommunistlarga ayon boʻlgach, shu orqali Mirza Polvonni qoʻlga tushurmoqchi boʻlishgan. 1925-yil 7-aprelda Urgutning Shullukli qishlogʻida boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, boy xonadonida yashiringan va gʻaflatda qolib, toʻrt besh yigiti bilan qizil armiya tomonidan qamoqqa olinib, otib oʻldirilgan. Shu tariqa Mirza Polvon sovet hokimiyatining makkorligi bilan qamoqqa olingan va otib oʻldirilgan. Ammo keyinchalik Polvonning tiriq qolgan yigitlari sovet hokimiyati vakillaridan oʻch olishgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Mirza Polvon — o‘zbek tarixidagi muhim shaxslardan biridir. U ko‘pincha o‘zining mardligi, jasorati va fidoyiligi bilan tanilgan. Mirza Polvon nomi ko‘plab o‘zbek xalq asarlarida, dostonlarda va tarixiy manbalarda uchraydi.
Mirza Polvon odatda vatanparvar, adolatparvar va mard inson sifatida tasvirlanadi. U o‘z zamonasining qahramoni bo‘lib, ko‘plab janglarda ishtirok etgan, xalqining ozodligi uchun kurashgan. Tarixiy rivoyatlarga ko‘ra, Mirza Polvon ko‘plab murakkab vaziyatlarda jasorat va aqlli strategiya bilan chiqib, doimo xalqining tabaqasini himoya qilgan.
Ba’zi manbalarda Mirza Polvon nomi maqomiga ko‘ra, amir yoki qo‘mondon bo‘lishi mumkinligi aytiladi, ammo uning haqiqiy shaxsiyati va hayoti haqida ma’lumotlar ko‘proq xalq og‘zaki ijodi va afsonalarda saqlangan. Shu sababdan Mirza Polvon haqida to‘liq va aniq tarixiy hujjatlar kamroq bo‘lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Mirza Polvon o‘zbek xalqining jasorat va mardlik ramzi sifatida qadrlanadi va uning nomi hali ham ko‘plab asarlar va tarixiy hikoyalarda eslatib o‘tiladi. Agar sizga Mirza Polvon haqida aniqroq yoki ma’lum bir nuqtai nazardan ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, aniqlik kiriting yoki qo‘shimcha savollar bering!