Miryo
Jo Mi-hye (1981-yil 2-noyabrda tugʻilgan),
Miryo oʻzining sahna nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik reper, qoʻshiq yozuvchi va produser. Hozirda u „Brown Eyed Girls“ qizlar guruhining reperi va „Honey Family“ rep guruhining sobiq aʼzosi. Miryo 2012-yilda „Show Me the Money“ serialining birinchi mavsumida produser sifatida ishtirok etganidan keyin solist sifatida debyut qilgan.
Faoliyati
Miryo oʻzining musiqiy faoliyatini 2000-yilda „Honey Family“ hip-hop guruhining qoʻshigʻida ishtirok etganida boshlagan. Keyingi yili u guruhga asosiy ayol reper sifatida qoʻshilgan va ikkinchi albomida ishtirok etgan. Jamoa tarqalib ketganidan soʻng, u boshqa hip-hop sanʼatkorlarining qoʻshiqlarida, jumladan, „Leessang“ guruhidan sobiq guruhdoshi Gil Seong-joon va MC Mong kabi qoʻshiqlchilarning treklarida ishtirok etgan. Koʻp oʻtmay, Miryo qoʻshiqchi JeAdan „Brown Eyed Girls“ guruhiga qoʻshilish taklifini olgan va taklifni qabul qilgan. U 2006-yil mart oyida „Your Story“ nomli albomi bilan debyut qilgan guruhning reperiga aylangan. „Brown Eyed Girls“ 2009-yilda oʻzlarining mashhur „ Abracadabra“ qoʻshigʻi bilan katta muvaffaqiyatga erishdilar, undan keyin 2011-yilda „Sixth Sense“ qoʻshigʻi ham xuddi shunday mashhurlikka ega boʻlgan.
Miryo 2015-yil iyul oyida oʻzining „Queen“ nomli yakkaxon albomini chiqargan, unda guruhdoshi Ga-In ham ishtirok etgan. Oʻsha yilning sentyabr oyida u va „Brown Eyed Girls“ guruhining boshqa aʼzolari „Nega Network“ agentligini tark etishgan. Guruh oktyabr oyida „Mystic Entertainment“ bilan shartnoma imzolagan va keyingi oy „Basic“ albomini chiqargan.
Qoʻshiq yozish
Miryo reper boʻlishdan tashqari qoʻshiq ham yozadi. Ayol kumirlari orasida Miryo eng koʻp qoʻshiqlarga mualliflik huquqiga ega boʻlib, 2013-yil martigacha jami 56 ta qoʻshiqqa mualliflik qilgan. U „Honey Family“ va „Brown Eyed Girls“ guruhining bastakori va yozuvchisi boʻlgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org